Xalqaro tibbiyot jurnali va shifokorlar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo farmatsevtika korxonalari rahbarlari uchun innovatsion platforma

906 koʻrish

O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo farmatsevtika korxonalari rahbarlari uchun innovatsion platforma

Ўзбекистон Республикаси ва Марказий Осиё фармацевтика корхоналари рахбарлари учун инновацион платформа

Toshkentda, “BioPharma City” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida “Farma O‘zbekiston va Markaziy Osiyo” 5-yubiley xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir investitsiya loyihalari rahbarlari, yirik korxonalar, davlat va nazorat organlari, ishlab chiqarish texnologiyalari litsenziarlari, uskunalar ishlab chiquvchilar, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, injiniring hamda loyiha-qurilish kompaniyalari, texnologiya va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar ishtirokidagi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa mamlakatlar farmatsevtika tarmog‘i yetakchilari uchun noyob professional xalqaro maydondir.

Kongressda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni, “Asakabank” va ko‘plab boshqalar ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika Tarmog’ini rivojlantirish agentligi ko‘magida o‘tkazildi. “Medical Express” — kongressning axborot hamkoridir.

Ochilish marosimida kongress ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A. Azizov, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori A. Temirov va “Vostock Capital” kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri hamda tadbirlar tashkilotchisi O. Barkanova qutladilar.

Kongressda quyidagi ma’ruzalar tinglandi: “O‘zbekiston farmatsevtika bozorining rivojlanishi” — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A. Azizov. “Qozog‘iston Respublikasida dori vositalari va tibbiy buyumlarning Yagona distributori faoliyati: rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari” — “SK-Farmatsiya” MChSh boshqaruvi raisi N. Asilbekov. “Yevroosiyo va O‘zbekiston farmatsevtika bozori: asosiy trendlar” — Yevroosiyo mintaqasidagi IQVIA bosh direktori A. Xromov. “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratining huquqiy jihatlari” — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining yetakchi inspektori N. Saidaliyeva. “Zamonaviy sanoatlashtirishning raqamli transformatsiyasi” — “METTLER TOLEDO” kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Rojer Liyu va boshqalar.

Kongress ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalarini, shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Tadbir ishtirokchilari orasida quyidagi kompaniyalar rahbarlari boshchiligidagi kengaytirilgan delegatsiyalar bor edi: Ozon Farmatsevtika, LAFZ, Birunineofarm, Dolce, Dori-Darmon, Haematech, Dentafill Plus, Remedy Group, Serene Healthcare, PHYTO APIPHARM, NIKA PHARM, BEST CARE, DORA LINE, Zarur amaliyotlar markazi, All Well Lab va boshqalar.

Tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan press-reliz materiallari
asosida Medical Express muxbiri tayyorladi. Foto: Medical Express muxbiri.